Savatcha
Savatcha – bir qancha gullar kengaygan gulo’ringa joylashgan to’pgul. Asosan murakkabguldoshlarga xos.
Savatcha – bir qancha gullar kengaygan gulo’ringa joylashgan to’pgul. Asosan murakkabguldoshlarga xos.
Savanna – baland bo’yli o’tlar, siyrak va yakka holda o’suvchi butalar, past bo’yli daraxtlar bilan qoplangan keng tekis va yarimtekis maydonlar. Asosan tropik va subtropik zonalarda ko’p.
Satelitizm, yo’ldoshlilik – bir organizm rivojlanishining shu muhitda yashab turgan boshqa organizm rivojlanishiga ta’sir etishi.
Satelit DNK – Yo’ldosh DNK hujayra sentromeralaridan ajratib olingan yuksak ketma-ketlikka ega DNK.
Sarsinlar – sharsimon bakteriyalar; bo’linib ko’paygandan keyin tarqalib ketmasdan to’da hosil qiladi.
Sагkорlazmаtik to’r – muskul tolalarining organellasi. Muskul bu jayralarida nozik kanallardan iborat to’rlar hosil qiladi va muskullarning qisqarishini nazorat qiladi. Bunga miofibrillarda kalsiy ionlarining regulatsiyasini nazorat qilish tufayli erishiladi.
Sarkoplazma – muskul tolalari уа hujayralarining plazmalari. Miofibrillalaг bilan miofilamentlar oralig’ini to’ldiradi.
Sarkolemma – muskulning ko’ndalang yo’l-yo’l tolalarini qoplovchi plazmatik membranalar. Muskul faoliyatini tezlashtiruvchi impulslarni o’tkazishda qatnashadi.
Sarkmerlar – muskul tolalaridagi miofibrillarning ketma-ket keluvchi qismlari; miofibrillalarning asosiy tuzilish birliklari.
Sariq tana – sut emizuvchilar tuxumdonida ovulatsiya jarayonidan keyin vaqtinchalik rivojlanadigan уа gormonlar ishlab chiqaradigan ichki sekretsiya bezi.