SIYOSAT SUB’YEKTLARI
SIYOSAT SUB’YEKTLARI — siyosiy faoliyatda bevosita va u yoki bu darajada ongli ishtirok etuvchi shaxslar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, tashkilotlar.
SIYOSAT SUB’YEKTLARI — siyosiy faoliyatda bevosita va u yoki bu darajada ongli ishtirok etuvchi shaxslar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, tashkilotlar.
SIRKULYATSIYA (lot. circulatio – aylanma harakat) — uzluksiz almashinish, aylanma harakat. Masalan, elitalar sirkulyasiyasi.
SIYOSIY AXLOQ — ma‘lum bir intizom, axloqiy tamoyillar, me‘yorlar va xalqning ma‘naviy g’oyalarini siyosiy yo’nalish orqali ta‘sirini o’rganadi hamda siyosiy falsafa bilan uyg’unlikda rivojlanadi.
SIYOSIY AVTORITET (lot. qadr-qimmat, kuch) — bir guruh ichida o’z a‘zosining shaxsiy va ishbilarmonlik xislatlari tan olinishi darajasi. Shaxsning ijtimoiy guruh yoki jamiyatdagi ta‘sirini, nufuzini aks ettiradi.
SIYOSIY AVANTYURIZM (fr. aventure – sarguzasht, tavakkal, lot. political – siyosat) — siyosat sohasida ijtimoiy qonuniyatlarni, haqiqiy ahvolni va kuchlarni nisbatini hisobga olmay amalga oshiriladigan faoliyat. Aksariyat hollarda mag’lubiyatga olib … Read More
SIYOSIY AVANGARD (fr. oldinda va qorovul) — siyosiy hokimiyatga, uning mazmuniga, hamda maqsadlariga kuchli ta‘sir ko’rsatish va siyosiy harakatga boshchilik qila olish qobiliyatiga ega bo’lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarning yetakchi qismi.
SIYOSIY APPARAT — 1) siyosiy yetakchining faoliyati yoki siyosiy tashkilotlarning vazifalarini ta‘minlayotgan guruh a‘zolari; 2 ) siyosiy tizim vazifalari ta‘minlaydigan barcha tashkilot va muassasalar.
SIYOSIY ASTROLOGIYA — fazo yulduzlarining joylashuvi, quyoshning faolligi va oy fazalarining siyosiy hodisalar va hulq-atvorga ta‘sirini o’rganadi.
SIYOSIY ANTROPOLOGIYA — siyosatning bilogik, intellektual, ijtimoiy, madaniy, diniy va hokazolar inson sifatlariga bog’liqligini, shuningdek, siyosiy tartibning shaxsga ta‘sirini o’rganuvchi fan.
SIYOSIY ANOMIYA — jamiyat azolarining ojizligi va siyosiy apatiya holati; siyosiy qadriyat va me‘yorlarga individlarning salbiy munosabati.