SOTUVGACHA VA UNDAN KEYINGI XIZMAT KO’RSATISH
SOTUVGACHA VA UNDAN KEYINGI XIZMAT KO’RSATISH – xaridorlarni turli ma’Iumotlar, detallar, mutaxassislar yordami, qulaylik va rangbarang xizmatlar bilan ta’minlash.
SOTUVGACHA VA UNDAN KEYINGI XIZMAT KO’RSATISH – xaridorlarni turli ma’Iumotlar, detallar, mutaxassislar yordami, qulaylik va rangbarang xizmatlar bilan ta’minlash.
SOTUV VA TAQSIMOT – sotuv va tovar harakati kanallarini tanlash. Tovar aylanmasi prognozi va uni rejalashtirish. Tovarni sotish usullarini aniqlash.
SOTSIAL TA’MINOT – qariganda, nogironlik bo’yicha, boquvchisini yuqotganda va qonunda belgilangan boshqa holatlarda fuqarolarni moddiy ta’minlash uchun milliy daromadning bir qismini pul mablag’ larining ijtimoiy fondini shakllantirish va undan foydalanish … Read More
SOTSIAL SUG’URTA AJRATMALARI – korporatsiya tomonidan har bir mamlakatda qonun bilan belgilangan tartibda to’ lanadigan majburiy sug’urta to’lovlardan iborat. Ishchi-xizmatchilarning ixtiyoriy ravishda sug’urta korporatsiyalariga to’lagan sug’urta badallari bunga kirmaydi. Ular … Read More
SOTISHNI RAG’BATLANTIRISH – iste’molchilarni xarid qilishga undash faoliyatidan farqli bo’lgan, sotish tarmogi ishi samaradorligini oshirishga qaratilgan marketing faoliyatidir. Bunday shakl sotuvlarni qisqa muddatli o’sishiga olib kelib, harakatlantirishning (ilgari surishning) yuqorida … Read More
SOTISH SOLIG’I – mahsulotlarning sotish qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadigan va ishlab chiqaruvchilar tomonidan to’lanadigan soliq. Aksizlarning ko’rinishlaridan biri.
SOTISHDAN OLINADIGAN SOLIQ – ayrim xorijiy mamlakatlarda (masalan, AQSHning ayrim shtatlarida) qo’llaniladi va iste’moldan olinadigan egri (bilvosita) soliqni o’zida gavdalantiradi. Odatda, bu soliqqa iste’mol mahsulotlari (restoranlar bundan mustasno) tortilmaydi.
SOTISH SHARTI – eksport narxlarining import narxlariga nisbati.
SOTISH OPSIONI (RUT) – o’z egasiga kelajakda bazis aktivini qimmatli qog’oz xosilasi shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi.
SOTISH (XARID) NARXI – tovarga xaridor to’laydigan narx.