Samariddin
Samariddin-dinning mevasi, din baxsh etgan bola; dinning sovg’asi, ehsoni yoki dinga foyda, naf keltirayotgan bola
Samariddin-dinning mevasi, din baxsh etgan bola; dinning sovg’asi, ehsoni yoki dinga foyda, naf keltirayotgan bola
Samara-umr mevasi, hayot mevasi yoki umri samarali, uzoq bo’lsin
Samar-aynan: hosil, natija meva
Samandar-salamandra – o’tdan paydo bo’lib, o’t ichida yashovchi, kalamushsimon, afsonaviy hayvon (qush) nomi. Samandar o’sha nomning arabcha shakli. Ism sifatida chidamli, irodali, mustahkam, ya’ni o’lmas, yashaydigan ma’nolarini beradi
Samangul-oq yoki sariq rangli xush hidli gul (yosmin, suman), ya’ni samandek chiroyli, go’zal qiz
Saman// Samanboy-Samand, Samandar ismlarining erkalash-qisqartma shakli yoki rangi sariq yoli va quyrug’i qora rangli ot-saman (d) ot (arg’umoq)
Samadulla-Allohi taolo abadiy, mangudir yoki Allohning umri boqiy, umri uzoq bandasi
Samadoy-umri boqiy, uzoq yashovchi, oydek suluv qiz
Samaddin-dinning abadiyligi, boqiyligi yoki dinning uzoq umrli farzandi
Samad-abadiy, boqiy, mangu turuvchi. Bu nom Alloh taoloning sifatlaridan biridir. Asli: Abdusamad. Shakllari: Samadboy, Samadjon