TOSHXO’JAYEV O’KTAM

TOSHXO’JAYEV O’KTAM (1951.18.9, Toshkent shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan (1973). 1980 yildan Mirobod tumanidagi 125-maktabda frantsuz tili o’qituvchisi. Darsni qiziqarli muzokara, bahssuhbatlar, … Read More

TOSH METEORITLAR

TOSH METEORITLAR – tarkibi bo’yicha er tog’jinslariga yaqin, temir, kremniy va magniy oksidlariga boy bo’lgan meteorit. Tosh meteoritlarning 85% ga yaqini xondralar (o’lchami 1 millimetrgacha bo’lgan sferasimon jismlar)dan tashkil topgan … Read More

TOPIKA

TOPIKA — AQShning Markaziy kismidagi shahar. Kanzas daryosi bo’yida. Kanzas shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 122,3 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Poligrafiya, oziqovqat, mashinasozlik sanoati korxonalari, universitet bor.

TONGA, TONKA, BATONGA

TONGA, TONKA, BATONGA — Zambiya va Zimbabvedagi bantu guruhiga mansub xalq. 1,65 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Dindorlarining aksariyati an’anaviy e’tiqodlarga sig’inadi. Xristianlar, sunniy musulmonlar ham bor. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, … Read More

TOMSK UNIVERSITETI

TOMSK UNIVERSITETI – Sibir va uzoq Sharqdagi qadimgi oliy o’quv yurti. 1880 yil tashkil etilgan. Matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, geologiya, iqtisodiyot, geografiya, huquq, filologiya va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar … Read More

TOMOQ

TOMOQ — og’iz bo’shlig’ini halqum bilan bog’laydigan teshik. Yuqoridan yumshoq tanglay bilan, pastdan — til orqasi va yon tomonlaridan — tanglay yoychalari orasida joylashgan murtak bezlari bilan chegaralanadi.

TOMIR

TOMIR (anatomiyada) — 1) odam va hayvonlarda qon (qon tomiri) va limfa (limfa tomiri) harakatlanadigan kovak naycha. O’simliklarda — ksilemaning uzun kovak naycha shaklidagi o’tkazuvchi elementi.