TOBE’INLAR

TOBE’INLAR (Arabcha — karam, izdosh) — Islom tarixida sahobalardan keyin ularning ishini davom ettirgan ilohiyotchilar qatlami. Tobe’inlardan keying davrdagi ilohiyotchilar Tobe’inlarning tobe’inlari deb atalgan.

TIRSAK

TIRSAK — qadimgi uzunlik o’lchov birligi. Uzatilgan qo’l barmoqlarining uchidan tirsagigacha bo’lgan masofa. Tirsak kichkina (taxminan 0,5 metr) va katta, ya’ni shoh Tirsak (taxminan 81,28 santimetr) larga bo’lingan.

TIRICHMIR

TIRICHMIR – Hindukush tog’ sistemasining eng baland cho’qqisi, Pokistonning shimolda. Balandligi 7690 metr. Kristall jinslardan tuzilgan. Yon bag’irlarida muzliklar va firnlsh maydonlar bor.

TABIATSHUNOSLIK

TABIATSHUNOSLIK, tabiiyot – tabiat haqidagi fanlar tizimi, tabiiy fanlar majmui. Tabiatning inson ongidagi aksi bo’lgan Tabiatshunoslik jamiyatning rivojlanishi bilan mukammallashadi. Tabiatshunoslikning maqsadi — tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish … Read More

TABIAT RESURSLARI

TABIAT RESURSLARI, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xo’jalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur bo’lgan, uni o’rab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. … Read More

TABIATNI MUHOFAZA QILISH

TABIATNI MUHOFAZA QILISH – tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini ko’zlab ongli ravishda o’zgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning go’zalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga … Read More

TABIAT MUZEYI

TABIAT MUZEYI, O’zbekiston davlat tabiat muzeyi — Markaziy Osiyodagi dastlabki yirik ilmiy-ma’rifat muassasasi. «Toshkent muzeyi» nomi bilan 1876 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1921 yilda muzey qadimgi yodgorliklarni saqlash, san’at … Read More

TABIAT YODGORLIKLARI

TABIAT YODGORLIKLARI – jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor ob’yektlar: g’orlar, sharsharalar, ajoyib shaklli qoyatoshlar, daralar, geyzerlar, buloqlar, ochilib qolgan joylar, katta yoshli ulkan daraxtlar. Tabiat yodgorliklaridan ilmiy, … Read More

TABIAT

TABIAT — odamning paydo bo’lgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman — bu dunyo, odam, koinot; mikromakromega dunyolar; jonsiz va jonli borliq. Tor ma’noda — tabiat fanlari o’rganadigan … Read More

TIOKOL

TIOKOL — 1) polisulfid kauchuklar; 2) gvayakolsulfokaliy tuzi; tibbiyotda balg’am ko’chiruvchi dori sifatida ishlatiladi.