TENGLAMA

TENGLAMA — tenglik belgisi bilan birlashtirilgan ikkita funktsiya. Biror kattalikni bevosita o’lchash yoki formula yordamida hisoblash imkoni bo’lmasada, bu kattalik qanoatlantiradigan munosabat (ba’zan bir nechta munosabat)ni tuzish mumkin.

TENGE

TENGE — Qozog’iston Respublikasi milliy pul birligi. 1993 yil 15 noyabrdan muomalaga chiqarilgan. Xalqaro ifodasi KZT. Barcha qog’oz pul belgilarida Qozog’iston tarixidagi milliy arboblar (Kurmong’ozi Sag’irboyev, Cho’qon Valixonov, Abay Qo’nonbaev … Read More

TEMIR YO’L VOKZALI

TEMIR YO’L VOKZALI – yo’lovchilarga xizmat qilish, poyezdlar harakatini boshkarish va xizmatchi xodimlarni joylashtirish uchun mo’ljallangan temir yo’l stansiyasi binosi yoki binolar majmui.

TEMIR DARVOZA

TEMIR DARVOZA — Surxondaryo viloyatidagi dara: Boysun tog’larida. O’rta asrlarda shu dara orqali Hindiston bilan Samarqand savdo aloqalari qilib turganligi ma’lum.

TEMBR

TEMBR (Fransuzcha timbre) — tovush sifati, Tusi, «bo’yog’i»; musiqiy tovushning xususiy belgilaridan biri. Tembr tufayli bir balandlik va bir xil dinamikadagi tovushlarni farqlash mumkin. Tembr sadolanuvchi jismining materiali, tovush hosil … Read More

TELO’NYAY

TELO’NYAY — Litvadagi shahar. Mastis ko’lining shim. sohilida joylashgan. Kretinga — Shyaulyay yo’nalishidagi temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 34 ming kishi (1995). «Mastis» trikotaj ishlab chiqarish. birlashmasi, hisoblash mashinalari, yog’-moy zavodlari … Read More

TELFER

TELFER (tele… va phero — tashiyman so’zlaridan) — kJ ko’tarish qurilmasi; chig’ir va dastaki yoki elektr yuritmali yurish qismlaridan iborat. Bir releli osma yo’lda harakatlanadi; 1 — 5 tonnagacha yuk … Read More

TELES

TELES, Oltinko’l — Oltoyning shim.sharqidagi ko’l. Rossiya Federatsiyasi Oltoy o’lkasida, 436 metr balandlikda. Maydoni 325 kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 235 metr. Uzunligi 77,7 kilometr, eni 5,2 kilometrgacha. Qirg’oqlari metamorfik … Read More

TELEFONOGRAMMA

TELEFONOGRAMMA — telefon orqali yetkaziladigan va qabul qilinadigan shoshilinch rasmiy xabar. Telefonogramma buyruq, farmoyish, iltimos kabi mazmunda bo’lishi mumkin. Telefon vositasida bo’ladigan bunday mulokrt rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va … Read More

TELENAZORAT

TELENAZORAT — ob’yektlarni telemexanika vositalari bilan masofadan turib tekshirib turish. Nazorat qilinadigan ob’yektdan axborotlar boshqarish punktiga, dispetcherlik punktiga yoki axborotlar yig’ish punktiga uzatiladi.