TAYMIR KO’LI

TAYMIR KO’LI – Taymir yarim orolidagi ko’l (Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk o’lkasi). Maydoni 4560 kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 26 metr. Uzunligi 250 kilometr. Eni bir necha kilometrdan 80 kilometrgacha. Qirg’oqlari … Read More

TAYMIR

TAYMIR — Qora dengizidagi Orol, Taymir yarim orolining qirg’og’i yonida (Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk o’lkasi). Uzunligi 37 kilometr, o’rtacha eni 18,5 kilometr. Maydoni 350 kilometr kvadrat. Eng baland joyi 235 metr … Read More

TAYMAUT

TAYMAUT (inglizcha time out) — sport o’yinlarida qoidalarda nazarda tutilgan tanaffus. Jamoa, uning ustozi (masalan, basketbolda) yoki sportchi (masalan, shaxmat bo’yicha jahon birinchiligi musobaqalarida) iltimosiga ko’ra tanaffus qilinadi.

«TAYMS»

«TAYMS» («The Times» — «davr») — Buyuk Britaniyada ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta. 1785 yildan Londonda «tayme nyuspeypers Limited» kompaniyasi tomonidan nashr etiladi.

TAY

TAY (bo) — Janub Xitoydagi (Yunnan viloyati) xalq. 1 million kishi (1990 yillar o’rtalari). Tay tilida so’zlashadi. Antropologik jihatdan — Janubiy mongoloidlar. Dindorlari — buddaviylar. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik.

TAITILIKLAR

TAITILIKLAR – xalq, Taiti va Jamiyat orollariga mansub boshqa orollarning asosiy aholisi. 130 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Polinez guruhiga kiruvchi Taiti tilida so’zlashadi. Dindorlari — kalvinistlar, bir qismi — … Read More

TAITI

TAITI — tinch okeandagi vulkan oroli. Jamiyat orollari guruhidagi eng katta orol. Maydoni 1042 kilometr kvadrat. Tor bo’yin (2 kilometr) orqali tutashgan ikkita tog’ massividan iborat. Asosan, bazalt jinslardan tuzilgan. … Read More

TAGLAR

TAGLAR — arman mumtoz musiйa janri. Yirik va murakkab shakldagi yakka xonanda tomonidan ijro etilayotgan ashula yo’llaridan iborat. Diniy va dunyoviy mazmunga, lirik mushohadali, epik va dramatik xarakterga ega. 10-asrda … Read More

TAVRLAR

TAVRLAR — Qrimning Janub qismi (Tavrika)ning eng qadimgi aholisi (miloddan avvalgi 9-asr — milodiy 4-asr). Xo’jaligi: chorvachilik, ovchilik, baliq ovlash, to’qimachilik, jez quyish. Tavrlar qabilalari mustahkamlangan qishlokdarda yashashgan. Xersones, Bospor … Read More

TAVRIYA

TAVRIYA — Krim yarim orolining o’rta asrlarda keng tarqalgan nomi; 19-20-asr boshlarida Tavriyaga, shuningdek, Tavriya guberniyasi tarkibidagi Janub Ukraina tumanlari ham kiritilgan (shimol Tavriya).