TAVAKKALCHILIKLARNI QO’SHISH
TAVAKKALCHILIKLARNI QO’SHISH – ushbu usul tasodifiy yo’qotishlarni o‘zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan (mulkni sug’urtalash).
TAVAKKALCHILIKLARNI QO’SHISH – ushbu usul tasodifiy yo’qotishlarni o‘zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan (mulkni sug’urtalash).
TAVAKKALCHILIKKA MOYILLIK – kutiladigan daromadda kafolatlangan natijaga ko’ra ko’proq tavakalchilik bilan bog’liq bo’lgan natijani ustun ko’radigan shaxs.
TAVAKKALCHILIK – biron ish bilan shug’ullanish oqibatida zarar ко’rib qolishdan qutulib qolish imkoniyati.
TASODIFIY TALAB – to’satdan paydo bo’lib, qondiriladigan talab.
TASODIFIY MIQDORNING TAQSIMOT QONUNI – tasodifiy miqdor qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlari bilan ularning mos ehtimollarini bog’laydigan biror munosabat.
TASODIFIY MIQDOR – sinov natijasida, avvaldan e’tiborga olib bo’lmaydigan tasodifga bog’liq holda, o’zining mumkin bo’lgan qiymatlaridan birini qabul qiladigan (aynan qaysi ekani awaldan ma’lum bo’lmagan) o’zgaruvchi tushuniladi.
TASNIFIY BAHOLASH MODELI – kreditni baholashning balli modeli (reyting uslubi) va bankrotlikni bashorat qilish (MDA – Multiple Discriminate Analysisga asoslangan statistik baholash) modellariga asoslanadi.
TASODIFIY HODISA – sinov natijasida ro’y berishi yoki ro’y bermasligi mumkin bo’lgan har qanday fakt.
TASHQI XARAJATLAR – ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun tashqaridan keltirilgan xomashyo, ishlab chiqarish vositalari yoki texnologiyalari uchun sarf etiladigan qiymat shaklidagi xarajatlar.
TASHQI SAVDO AYLANMASI DIVERSIFIKATSIYASI – eksport va importning tovar nomenklaturasi va hamkor davlatlar sonining kengaytirilishi.