Titrash datchigi
Titrash datchigi – tebranish hodisalariga reaktsiyaga kirishuvchi va ularning parametrlarini aniqlaydigan apparat.
Titrash datchigi – tebranish hodisalariga reaktsiyaga kirishuvchi va ularning parametrlarini aniqlaydigan apparat.
Titratib ta’minlagich – yuklash qurilmasi. U sochma, donador va bo’lak konsistentsiyaga ega bo’lgan materiallarni iste’mol qilinadigan bo’limlardan tashish yoki dozalash moslamalarigacha: uzluksiz yetkazib berish uchun mo’ljallangan.
Titratib saralash – sochma qurilish materiallarini titrama g’alvirlar yordamida o’lchamlari bo’yicha saralash.
Titratib qoliplash – vibratsiyali qoliplash uskunalarida yirik o’lchamli yig’ma temir-beton konstruksiyalar va buyumlarni (panellar, plitalar va boshqalar) ishlab chiqarish usuli.
Titratib zichlash – titratish moslamalari (titratgichlar va boshqalar) yordamida beton aralashmasi yoki tuproqni zichlash.
Titratib botirish – maxsus asbob-uskunalar-titratib-botirgich tomonidan yaratilgan yuqori chastotali past amplitudali tebranishlar bilan qoziqlarga ta’sir qilish.
Titratib botirgich – temir-beton quvurlarni, qudurlarni, qoziq elementlarini qumli va gil tuproqlarga botirish uchun mo’ljallangan mashina.
Titragich – beton aralashmalarni zichlash uchun ishlatiladigan elektromexanik (kamdan-kam hollarda-benzin va pnevmatik) markazdan qochma uskunalar. Turli ishlab chiqarish jarayonlarida, asossan, binolarni qurishda, temir-beton buyumlar ishlab chiqarishda va yotqizish paytida betonni … Read More
Titrama shibbalagich – 1) tuproq va tuproqli qoplamalarni zichlash uchun mo’ljallangan qo’l qurilish asbobi; 2) titrama g’altak va plitalar o’tolmaydigan sharoidda ishlatiladigan tuproq va sochma materiallarni zichlash uchun ishlatiladigan ixcham … Read More
Titrama transporter – uzluksiz harakatdagi tashish mashinasi. Quruq aralashmalar va moddalarni tashish, yo’lak plitalarini ishlab chiqarishda beton aralashmani zichlash, yuklangan qoliplarni tashish va boshqalar uchun ishlatiladi.