Tarkibiy qismlardan tashkil topgan panel
Tarkibiy qismlardan tashkil topgan panel – bir nechta betonli va (yoki) temir-betonli elementlardan tashkil topgan panel bo’lib, bu o’zaro birlashgan metall buyumlar.
Tarkibiy qismlardan tashkil topgan panel – bir nechta betonli va (yoki) temir-betonli elementlardan tashkil topgan panel bo’lib, bu o’zaro birlashgan metall buyumlar.
Tarix – me’moriy yodgorliklarda bino qurilgan sananing yozuv bilan aniq ko’rsatilishi.
Tarz – binoning umumiy (asosiy) ko’rinishi. Bosh tarz, yon tarz, orqa tarz.
Tarang – qattiq tortilgan, reja tori (ipi) ni tortganda tarang turishi; aks holda tarxdagi mo’ljal amalga xato o’tishi, xonalar o’lchami raso chiqmasligi mumkin.
Tangko’cha – maxsus keramik xumdon.
Taqsimlamoq – 1) bo’lish, o’rtasidan bo’lish, har kimga butunning bir qismini berish; 2) biror narsaning tartibini, oqim ketma-ketligini, topshirilishini va hokazolarni aniqlash.
Taqsimlaydigan quvur o’tkazgich – himoyalanadigan hududga yong’inga qarshi moddani taqsimlash uchun purkagich (qo’yilma)lar o’rnatiladigan quvur o’tkazgich.
Taqsimlagich (taqsimlovchi) – biror narsani (modda, oqim, gaz, suv, energiya va boshqalar) tarqatish uchun moslama, qurilma, mashina va boshqalar. Masalan: beton qorishmasi taqsimlagichi, aylanma taqsimlagich, osma taqsimlagich, o’zi yurar taqsimlagich, … Read More
Taqsim – naqsh (girih)ning ma’lum bir shaklda takrorlanuvchi qismi. To’g’ri taqsim-ulgisi to’g’ri takrorlanadi; chapu rost taqsim-ulgisi to’g’ri va teskari almashib takrorlanadi.
Taqasimon – taqa shakliga ega bo’lish.