Tsentrifuga
Tsentrifuga – markazdan qochma kuch ta’sirida qorishmani mexanik ravishda ajratish. Masalan: g’altakli tsentrifuga.
Tsentrifuga – markazdan qochma kuch ta’sirida qorishmani mexanik ravishda ajratish. Masalan: g’altakli tsentrifuga.
Tsentrir (optik) – optik geodeziya asbobi.
Tsemyanka – qurilish qorishmasiga pushti rang berish uchun qo’shimcha sifatida qo’llaniladigan mayda qilib maydalangan keramika.
Tsementning sovuqbardoshligi – tsement toshining navbatma-navbat takroriy muzlash va erishga bardosh berish xususiyati.
Tsementning korroziyaga chidamliligi – tsement toshi agressiv muhitning kimyoviy va fizik ta’siriga qarshi turish xususiyati.
Tsementning nazorat sinovlari – belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tsement sifatini nazorat qilish amalga oshiriladi.
Tsementning asosiy komponentlari – klinker, gips yoki gips mahsulotlari va mineral qo’shimchalar, bu qo’shimchalarning tsementdagi miqdori massa bo’yicha 5% dan oshmasligi lozim.
Tsementni plastifikatsiyalash – maxssus qo’shimchalarni kiritish yo’li bilan tsementning suv talabchanligini pasaytirish.