USTA ABDUZOHID

USTA ABDUZOHID (taxminan 1852— 1917) — samarqandlik naqqosh, mohir va chaqqonligi bilan shuxrat qozongan. Usta Abduzohid shogirdlari usta Bakr, usta Abduganilar bilan birga ishlagan; Abdu Darun majmuasidagi yangi ayvon (1908), … Read More

USTA

USTA — 1) kasb-hunar egasi; malakali mutaxassis: Pichokchi Usta, miskar Usta, kashtado’z u. va hokazolar; 2) kasb-hunar, ilm va shu kabilarni o’rgatuvchi, ustoz.

USMONOVA KO’PAYSIN

USMONOVA KO’PAYSIN (1952.2.11, Zangiota tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). ToshDu ni tugatgan (1974). 1970 yildan Toshkent tumanidagi 84, 1972-2003 yillarda Asaka tumanidagi 7-maktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi. … Read More

URO…

URO… (Yunoncha uron — siydik) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi: siydik, karbamid va siydiktanosil a’zolariga aloqadorlikni bildiradi (masalan, urologiya, urometr).

URUG’KO’CHAT

URUG’KO’CHAT — ko’chatzorda urug’dan o’stiriladigan bir va ikki yillik o’simliklar. Mevali o’simliklar Urug’ko’chatidan payvandtag sifatida, manzarali o’simliklar Urug’ko’chatidan o’rmon barpo etishda foydalaniladi. Selektsiya ishlarida yangi nav yaratishda duragay Urug’ko’chatlar o’stiriladi.

URUG’CHIBARG

URUG’CHIBARG, mevachibarg (carpellum) — yopiq urug’li o’simliklar gullaridagi organ. Tugunchaning asosiy qismi. Urug’chibargda boshlang’ich urug’kurtak rivojlanadi. Bitta yoki bir nechta Urug’chibargdan urug’chi hosil bo’ladi.

USMON MAMATQUL O’G’LI

USMON MAMATQUL O’G’LI (1880 Uchqo’rg’on tumani Xo’jaobod qishlog’i — 1941) — o’zbek xalq dostonchisi. Undan «Bo’tako’z», «Shoxdorxon», «Qunduz bilan Yulduz» dostonlari yozib olingan. «Shoxdorxon», «Bo’tako’z» dostonlari alohida kitob holida nashr … Read More

URMIYA

URMIYA (1926-80 yillarda Rizoiya) — Eronning shimoliy g’arbiy qismidagi shahar, Urmiya ko’lining g’arbiy sohilida. G’arbiy Ozarbayjon ostonining ma’muriy markazi. Aholisi 435,2 ming kishi (1997). Qishloq xo’jalik (tokchilik va mevachilik) rayonining … Read More

URMIYA

URMIYA (sobiq rizoiya) — Eronning shimoliy g’arbiy qismidagi oqmas sho’r ko’l. Tog’oralig’idagi soylikda. Maydoni 5,8 ming kilometr kvadrat. Chuqurligi 15 metrgacha, suv satxining balandligi 1275 metr. Bahorda sathi ko’tariladi. Sho’rligi … Read More