URAN

URAN — yunon mifologiyasida osmon xudosi. Xeyaning eri, ular nikohidan titanlar, kikloplar, Kronos, Reya, okean va boshqalar tug’ilgan. Uranning o’g’li Kronos otasiga qarshi chiqqan, uni osmondan tashlab yuborgan va o’zi … Read More

URAZMETOVA OYBIBI YO’LDOSHEVNA

URAZMETOVA OYBIBI YO’LDOSHEVNA (1952.29.9, Urganch tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Xorazm pedagogika institutini tugatgan (1974). 1974 yildan Urganch tumanidagi 15-maktabda geografiya o’qituvchisi.

UNG’UZ

UNG’UZ — qoldiq daryo vodiysi, koldik o’zan. Turkmaniston, xususan, Koraqumda ko’p qoldiq quruq o’zanlar shu atama bilan yuritiladi.

UNORO

UNORO, Bunoro — Sharqiy Afrikadagi davlat. Milodiy 2-ming yillik boshlarida vujudga kelgan (16-asrgacha Kitara deb nomlangan). 19-asr o’rtalaridan bugandaga qaram bo’lgan. 1900 yil Unoro hududi inglizlarning Uganda protektorati tarkibiga kiritilgan.

UNTSIYA

UNTSIYA (lotincha uncia — un…) -1) oltin va boshqa nodir qimmatbaho metallarning asosiy vazn birligi (troyya yoki tanga Untsiyasi) = 31,1035 g; 2) inglizcha o’lchov tizimida massa birligi. 1 Untsiya= … Read More

UNIVERSIADA

UNIVERSIADA — jahon talabalarining sport musobaqalari. 1924 yil ta’sis etilgan. Xalqaro universitet sporti federatsiyasi — FISY (1949 yil tashkil etilgan) tomonidan uyushtirilib, 1960 yildan toq yillarda yozgi, juft yillarda esa … Read More

UNI…

UNI… (lotincha, unus, uni — bir) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; «bir», «yagona», «umumiy» «birlik» kabi ma’nolarni bildiradi (masalan, unison, unifikatsiya).

UMRZOQOV UMARJON ASHUROVICH

UMRZOQOV UMARJON ASHUROVICH (1952.21.5, Rishton tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2001). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1973). 1973 yildan Rishton tumanidagi 16-maktabda geografiya o’qituvchisi.

UMOV POYNTING VEKTORI

UMOV POYNTING VEKTORI – o’zgaruvchan elektromagnit maydon energiyasi oqimi zichligining vektori. Energiyaning tarqalish yo’nalishini aniqlaydi. Son jihatdan energiyaning tarqalish yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan yuza birligidan vaqt birligi ichida maydon ko’chirayotgan energiya … Read More