VERSHOK
VERSHOK (ruscha) — metrik o’lchov tizimi joriy qilingan davrgacha Rossiyada ishlatib kelingan uzunlik birligi 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Rossiyaga qaram o’lkalarda, jumladan Turkistonda ham qo’llanilgan.
VERSHOK (ruscha) — metrik o’lchov tizimi joriy qilingan davrgacha Rossiyada ishlatib kelingan uzunlik birligi 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Rossiyaga qaram o’lkalarda, jumladan Turkistonda ham qo’llanilgan.
VERTXEYMER (WERTHEIMER) MAKS (1880. 14. 4, Praga – 1943. 12. 10, Nyu- York) — nemis psixologi, 1929 yildan Frankfurt universitetida professor 1933 yildan AQShda. K. Koffka va V. Kyoler bilan … Read More
VERTISILLYOZ VILT, oqpalak — o’simliklarda Verticillium dahlia Klebahn zamburug’i qo’zg’atadigan kasallik. Deyarli barcha ekinlarni zararlaydi.
VERSALCHILAR — Parij kommunasi davrida (1871) kommunarlar tomonidan Versal shahrida o’rnashib olgan ter boshliq hukumat va unga tobe qo’shinlarga berilgan nom. Prussiya bosqinchilari ko’magida Versalchilar Parij kommunasini qonga botirganlar.
VERONIKA SOCHLARI (lotincha Coma Berenices) — osmonning shimoliy yarim shardagi yulduzlar turkumi. Asad, Ovchi shmar va Ho’kizboqar yulduz turkumlari oralarida joylashgan. O’rta kengliklarda qish, bahor va yozda ko’rinadi.
VERNISAJ (Fransuzcha vernissaqe — loklash) — ko’rgazmaning tantanavor ochilishi. Nomi ko’rgazmadan oldin rang- tasvir asarlari sathiga lok berish degan ma’noni bildiradi. Bu odatni frantsuz rassomlari boshlab bergan.
VERNIY — Qozog’iston Respublikasidagi Olmaota shahrining 1867 yildan 1921 yilgacha bo’lgan ruscha nomi.
VEPSLAR (Veps, vepsya, o’zlarini bepsya deb ataydilar) — Rossiya Federatsiyasidagi xalq. Leningrad, Vologda viloyati va Kareliyada yashaydilar, 13 ming kishi (1992). Veps tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar.
VENETSIYA SHISHASI – asosan dam berib (havo puflab) tayyorlanadigan badiiy idishlar, munchoq, ko’zgu va boshqalar 13-asrdan Venetsiyada ishlab chiqariladi. Ayniqsa, 16-asrda tayyorlangan yupqa va nafis qadahlar, vazalar mashhur.