VEGETATSIYA
VEGETATSIYA (lotincha vegetatio — uyg’onish, jonlanish) — o’sish, ko’karish, o’simlik organizmining faol holati.
VEGETATSIYA (lotincha vegetatio — uyg’onish, jonlanish) — o’sish, ko’karish, o’simlik organizmining faol holati.
VEBER (WEBER) ALFRED (1868.30.7, Erfurt – 1958.2.5, Geydelberg) -nemis iqtisodchi-sotsiologi. M. Veberning ukasi. Tarix va madaniyat sotsiologiyasi kontsepsiyasini ishlab chiqqan. Unga ko’ra, tarixning borishi eng aqlli kishilar amalga oshiradigan ma’naviy … Read More
VVEDENSKIY BORIS ALEKSEYEVICH (1893.7.4 – Moskva – 1969.1.4) – rus radiofizigi, akademik (1943). Ilmiy ishlari ultra qisqa diapazondagi to’lqinlarning tarqalishiga oid. Katta Sovet Entsiklopediyasi (BSE) 2-nashri bosh muxarriri (1951-69).
VAQTNI O’LCHASH — tezligi yoki takrorlanish davri ma’lum bo’lgan jarayonni (masalan, Erning Quyosh atrofida aylanish davrini) o’rganilayotgan jarayon (masalan, atom reaktsiyalarining o’tish vaqti) bilan solishtirish.
VAQT O’LCHOV BIRLIKLARI – vaqtni belgilashda qo’llaniladigan birliklar — asr, yil, oy, kecha-kunduz (sutka), soat, daqiqa, sekund (lahza), shuningdek vaqtning 12 yillik davr — muchal yil hisobi; 60 yillik davr … Read More
«VASHINGTON POST» («Washington Post») («Vashington pochtasi») — kundalik gazeta. Vashington (AQSh) da chiqadi. 1877 yilda asos solingan. «Vashington post end Gerald Kompani» gazeta-jurnal birlashmasi (Grexemlar xonadoni tasarrufidagi) tomonidan nashr qilinadi.
«VASHINGTON DEYLI NYUS» («Washington Daily News») («Vashington kundalik yangiliklari») — gazeta, Vashington (AQSh)da chiqadi. 1921 yilda asos solingan. Skripe — Govard gazeta kontserniga qaraydi.
VATT-SOAT — ish yoki energiyaning birliklar tizimiga kirmagan birligi; quvvati 1 Vt bo’lgan mexanizmning 1 soatda bajargan ishiga teng. Vt-soat bilan belgilanadi: 1 Vtsoat=3600 J; 1 kVtsoat=3,6106 J.
VATERJAKET PECH (inglizcha waterjacket, water — suv va jacket — g’ilof) — metall eritish pechi. Devori po’lat quti — Kessondan iborat, quti aylanib yuruvchi suv bilan sovitiladi. Vaterjeket pechning yumaloq … Read More