VANTUZ

VANTUZ (lotincha ventosis — shamolli) — vodoprovod, isitish quvurlarida yig’ilib qolgan havo chiqarib yuboriladigan klapan. Vantuz havo yig’iladigan joylarga, odatda, suv quvurlarining yuqori nuqtalariga o’rnatiladi. Vodoprovod tarmoqlari, isitish tizimlarida ishlatiladi.

Batafsil o‘qish

VANADZOR

VANADZOR (1935 yilgacha Karaklis) -Armanistondagi shahar. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 75,6 ming kishidan ziyod (1999). Kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat yengil sanoat tarmoqlari, pedagogika instituti, teatr bor. Tog’ iqlimi kurorti. Vanadzorga 1836 … Batafsil

Batafsil o‘qish

VAMPUM

VAMPUM (indeyscha wampumpead — ipga tizilgan chig’anoqlar, munchoq) — Shimoliy Amerikadagi indeys qabilalarida yodda saqlash va axborot uzatish vositasi. Xabar mazmuni chig’anoklarning rangi, soni va o’zaro joylashuvi bilan bildirilgan.

Batafsil o‘qish