XOTAMBANDI

XOTAMBANDI — yog’ochga yog’och, suyak, sadaf qadab bezak, naqsh yaratish usuli; shu usulda yaratilgan bezak ham Xotambandi deb ataladi. Amaliy bezak san’atida keng qo’llaniladi. Xotambandi usulida bezatilgan badiiy buyumlar (musiqa … Read More

XORTI (HORTHY) MIKLOSH

XORTI (HORTHY) MIKLOSH (1868-1957) — Vengriya diktatori (1920— 44), kontradmiral (1918). 1918 yildagi Kotor qo’zg’oloni va 1919 yildagi Vengriya sovet Respublikasidagi qo’zgolonlarni bostirishda ishtirok etgan. 1941 yilda Vengriya Germaniya tomonidan … Read More

XORION

XORION (Yunoncha chorion — qobiq, pust) — 1) yuksak sut emizuvchilarda tashqi murtak qobig’i, murtak (embrion) rivojlanishining boshlang’ich davrlarida hosil bo’ladi; 2) umurtqasiz hayvonlar va ayrim tuban umurtqalilar tuxumining ikkilamchi … Read More

XORVATLAR

XORVATLAR — xalq, Xorvatiyaning asosiy aholisi (3,8 million kishi). Shuningdek, Serbiya (200 ming kishi), Bosniya va Gersegovina (830 ming kishi)da yashaydi. Umumiy soni 5,65 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Xorvat-serb tilida … Read More

XORAZMSHOH

XORAZMSHOH — Xorazm hukmdorlarining unvoni. Beruniy asarlarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, dastlab Xorazmshoh unvoni bilan Xorazmni Kayxusrav idora etgan. Quyidagi 4 sulola: afrig’iylar (305 — 995); ma’muniylar (995-1017); oltintoshlar (1017 — … Read More

XONIY

XONIY — o’rta asrlarda O’rta Osiyoda podshoh, xon va sultonlar tarafidan elchilarga, mudarris va ilmi toliblarga ularning maoshi uchun vaqt-vaqti bilan berib turiladigan pul in’omi. Bu In’om oluvchilarning martabalariga qarab … Read More

XONIARA

XONIARA — Solomon orollari davlati poytaxti. Guadalkanal orolida joylashgan. Aholisi 44 ming kishi (1998). Tinch okeanning marjon dengizi sohilidagi port (chetga kopra, muzlatilgan baliq, kokos, moylar chiqariladi). Shahar atrofida kokos … Read More

XONDRIT

XONDRIT (Yunoncha choundros — donacha) — tosh meteoritlarning eng ko’p tarqalgan turi. Xondrit barcha tosh meteoritlarning qariyb 90% ini tashkil qiladi. Xondritning asosiy xossasi — mayda donachali massada joylashgan mayda … Read More

XOLOVA MUHIBA SOBIROVNA

XOLOVA MUHIBA SOBIROVNA (1952. 2.11. Kogon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1979). 1973 yildan Kogon tumanidagi 10-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi. «Testlar to’plami» va «diktantlar … Read More