Yaxlit qurilmalar
Yaxlit qurilmalar – asosiy qismlari yaxlit butun (monolit) ko’rinishdagi, bevosita bino yoki inshoot qad ko’taradigan joyda tayyorlangan binokorlik qurilmalari (asosan beton va temir-beton).
Yaxlit qurilmalar – asosiy qismlari yaxlit butun (monolit) ko’rinishdagi, bevosita bino yoki inshoot qad ko’taradigan joyda tayyorlangan binokorlik qurilmalari (asosan beton va temir-beton).
Yassilik qurilmalari – faqat belgilangan bir tekislikda ta’sir etuvchi kuchni o’zlashtirishga qobiliyatli qurilmalar.
Yassi konstruksiyalar – faqat ma’lum bir tekislikka qo’yilgan va shu tekislikda ta’sir qiladigan yukni qabul qiluvchi konstruksiyalar.
Yassi tizim – konstruksiyalar tizimi bo’lib, unda barcha elementlarning simmetriya o’qlari va tashqi kuchlarning ta’sir chiziqlari bitta tekislikda yotadi.
Yassi – tekis, pastqam. Yassi tom, yassi gumbaz.
Yasag’uchi – binokor usta.
Yaroqsizini chegirish – saralash, tanlash, yaroqsizni ajratib saralash.
Yaroqli (yaroqlilik) – foydalanishga tayyor, biror narsaga mos, qandaydir maqsadga muvofiq. Masalan: yashash uchun yaroqli, gruntning yaroqliligi va hokazolar.
Yaroqsiz – belgilangan standartlarga javob bermaydigan yoki ishlab chiqarish nuqsonlari bo’lgan mahsulotlar.
Yarim halqasimon – yarim halqa shaklida bo’lgan narsa, yarim halqaga o’xshash shakl va hokazolar.