Yorug’lik
Yorug’lik – 1) atrofdagi dunyoni ko’rinadigan qilib, ko’z tomonidan idrok etilgan nurlanish energiyasi; 2) u yoki bu yorug’lik manbai. Masalan: kunduzgi yorug’lik, sun’iy yorug’lik qorishma tashigich va hokazolar.
Yorug’lik – 1) atrofdagi dunyoni ko’rinadigan qilib, ko’z tomonidan idrok etilgan nurlanish energiyasi; 2) u yoki bu yorug’lik manbai. Masalan: kunduzgi yorug’lik, sun’iy yorug’lik qorishma tashigich va hokazolar.
Yorutivchi – porlayotgan narsa, yorug’lik chiqarish.
Yoritmoq (tekshirmoq) – nima-kim-nimadan yorug’lik o’tkazmoq, nima-kim-nimaning ichini yoritmoq. Masalan: qurilmalarni roentgen nurlari yordamida tekshirmoq, choklarni gamma nurlari yordamida tekshirmoq va hokazolar.
Yorilmoq (uzilmoq, uzmoq, yirtilmoq) – biror narsaning butligini buzmoq, ajratmoq, alohida qilmoq.
Yorilish (ajratish, bo’linish) – tashqi bosim ta’sirida kengayishi natijasida tog’ jinsining yirik qoyalarning ustki yuzasidan sinib ajralishi.
Yorilish (parchalanish) – Bilvosita kuchlanish ta’sirida biror narsani yo’q qilish, bunda materialning bir qismi boshqasiga nisbatan muayyan tekislik bo’ylab siljiydi. Masalan: birlashgan joyda yorilish, tolalar bo’ylab yorilish, ikki tomonlama yorilish, … Read More
Yoritilganlik – kichik sirt maydoniga tushgan yorug’lik oqimining uning maydoni nisbatiga teng yorug’lik miqdori. Masalan: yotiq yoritilganlik, qo’shimcha yoritilganlik va hokazolar.
Yorilib ketmoq (yoriqlar bilan qoplanmoq) – ko’p yoriqlar berish, yoriqlar bilan qoplanish.
Yorilmoq (darz ketmoq) – yuzasida yoriqlar hosil qilish, bo’linish.