ZAXIRADAGI HARBIYLAR

ZAXIRADAGI HARBIYLAR -harbiy hisobda turuvchi, haqiqiy xizmatni o’tab bo’lgan yoki turli sabablar bilan undan ozod qilingan, ammo jismoniy jihatdan harbiy xizmatni bajara oluvchi va urush davrida qo’shinlar safiga chaqiriluvchi kishilar.

ZAXIRA

ZAXIRA — ehtiyot qilib saqlangan narsalar (oziq-ovqat, pul, buyum, qurol-aslaha va boshqalar). O’rta asrlardan boshlab qo’shin ehtiyojlari uchun g’amlangan narsalar ham Zaxira nomi bilan yuritilgan.

ZAX QOCHIRISH

ZAX QOCHIRISH, yerlarni quritish — tuproqdagi ortiqcha namni chiqarib tashlash; melioratsiyaning bir turi. Zax qochirish tuproqda o’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay suv, havo, ozuqa va tuz rejimini vujudga keltiradi. … Read More

ZAFAROBOD TUMANI

ZAFAROBOD TUMANI – Jizzax viloyatidagi tuman. 1973 yil 12 aprelda tashkil etilgan. Janubda Jizzax tumani, shimoli g’arbda Arnasoy va Do’stlik tumanlari, shimolda Forish tumani, sharqda Paxtakor tumani bilan chegaradosh. Maydoni … Read More

ZAFAROBOD

ZAFAROBOD — Buxoro viloyati G’ijduvon tumanisagi shaharcha (1984 yildan). Yaqin temir yo’l stantsiyasi Konimex (32 kilometr), tuman markazidan 72 kilometr. Shaharcha tumanning shimoli sharqida, Navoiy— Uchquduq katta yo’li yoqasida. Aholisi … Read More

«ZAFARNOMA»

«ZAFARNOMA» — Amir Temur davlati tarixiga bag’ishlab yozilgan asar. Sohibqiron Amir Temurning hayotligida bevosita uning topshirig’i asosida Nizomiddin Shomiy tomonidan yozishga kirishilgan (1401-02). 1404 yil bahorigacha asar yozib tamomlangan va … Read More

ZAFAR DIYOR

ZAFAR DIYOR (1912, Chust tumani — 1946.14.4, Toshkent) — o’zbek bolalar shoiri. Toshkent pedagogika institutida o’qigan (1938-41). «Lenin uchquni» (1936-41), «Qizil O’zbekiston» (1941-46) gazetalarida adabiy xodim va mas’ul kotib. «Qo’shiqlar» … Read More

ZAFAR GAZ KONDENSATI KONI

ZAFAR GAZ KONDENSATI KONI – Qashqadaryo viloyatining G’uzor tumanida, Qarshi shahridan 45 kilometr Janubi sharqda joylashgan. Zafar strukturasi 1974 yilda seysmik razvedka natijasida aniqlangan. 1978 yilda 1 parametrik quduq kavlangan … Read More

ZAFAR ARKI

ZAFAR ARKI, Zafar darvozasi — biror tantana munosabati bilan qurilgan inshoot, hashamatli darvoza. Qadimgi Rimda g’olib lashkarboshilarning shaharga tantanavor kirib kelishi uchun Rimdagi zafar arki maxsus qurilgan. Bizgacha saqlangan eng … Read More

ZAFAR

ZAFAR — Toshkent viloyatidagi shaharcha (1918-72 yillarda Olmazor qishlog’i). Bekobod tumani markazi. Toshkentdan 120 kilometr Janubda, yaqin temir yo’l stantsiyasi — Bekobod (22 kilometr). Aholisi 7,7 ming kishi (2000). Zafar … Read More