EKSEDENT RISKI
EKSEDENT RISKI – mazkur toifadagi risk bo’yicha zararni qayta sug’urtalash to’g’risidagi kelishuv.
EKSEDENT RISKI – mazkur toifadagi risk bo’yicha zararni qayta sug’urtalash to’g’risidagi kelishuv.
EKSEDENT ZARARI – noproporsional qayta sug’urtalash shakli. Bunda sedentga o’z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qismi qayta sug’urtalovchi kompaniya tomonidan qoplanadi.
EKONOMETRIKA KONSEPSIYALARI – iqtisodiyotda matematika metodlaridan keng foydalanishga asoslangan konsepsiyalar. Asosiy vakillari L. Valras, V. Pareto (Lozanna universiteti), fon Neyman, U. Mitchell, E. Barone, M. Panteleoni. 1910-yilda polshalik iqtisodchi P. … Read More
EKONOMETRIKA – iqtisodiy hodisa va jarayonlarning aniq miqdoriy qonuniyatlari va o’zaro aloqalarini matematik, statistik metodlar, modellar yordamida o’rganuvchi fan. Matematikaning iqtisodiyotda qo’llanilishi bo’yicha iqtisodiy nazariyadagi alohida oqim.
EKOLOGIYA – tabiat va jamiyat o’zaro ta’sirining umumiy qonuniyatlari to’g’risidagi fan; atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslarini ishlatishning maqsadga muvofiqligiga qaratilgan jamiyat faoliyatining maxsus sohasi.
EKOLOGIK RESURSLAR – biosferada ekologik muvozanatni ta’minlaydigan muhitni shakllantiruvchi komponentlarning majmuyi bo’lib, ular insonning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatidagi hayotiy normal muhiti hisoblanadi. Ekologik resurslar hayotiy muhim funksiyani bajaradigan tabiiy tizimlarga kiradi. … Read More
EKOLOGIK MONITORING – atrof, tabiiy muhit va uning resurslari holatini ma’lum dastur asosida muntazam kuzatish, baholash, prognozlash (bashoratlash)ning ma’lum tizimi bo’lib, iqtisodiy-ekologik boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish jarayonlarini axborot … Read More
EKOLOGIK MUAMMOLAR – insoniyat xatti-harakatlari va xo’jalik faoliyati natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar.
EKOLOGIK AUDIT (EKOAUDIT) – korxonalar, kompaniyalarning ichki ekologik salohiyati, ularning xavf-xatarlari va imkoniyatlarini doimiy tekshirib turish instrumentidir.
EKIN MAYDONLARI TARKIBI – jami ekish maydonida ayrim turdagi ekinlar maydonining tutgan salmog’i.