O’tloq
O’tloq, ko’kalamaydon – tabiiy o’sgan yoki sun’iy ravishda ekilgan o’tlar bilan qoplangan уеr maydoni. Yaylov hamda pichanzor sifatida katta ahamiyatga ega. Masalan, Alp yaylovlari (baland tog’dagi o’tloqlar).
O’tloq, ko’kalamaydon – tabiiy o’sgan yoki sun’iy ravishda ekilgan o’tlar bilan qoplangan уеr maydoni. Yaylov hamda pichanzor sifatida katta ahamiyatga ega. Masalan, Alp yaylovlari (baland tog’dagi o’tloqlar).
O’tkazuvchi to’qimali o’simliklar – naysimon va g’alvirsimon o’tkazuvchi to’qimalarga ega o’simliklar. Вu to’qimalar suv, mineral va organik moddalarni o’tkazadi. Yo’sinlardan tashqari barcha yuksak o’simliklar kiradi.
O’tkazuvchi to’qimalar – o’simlik bo’ylab suv va unda erigan moddalarni o’tkazuvchi to’qimalar; to’rsimon nауlаr hamda traxeyalardan iborat.
O’tkazuvchi naylar to’plami – o’tkazuvchi mexanik va parenxima to’qimalarining elementlari, ya’ni traxeidlar, traxeyalar, naysimon to’rlar majmui.
O’tadominantlik, yuqori ustunlik – monogibrid chatishtirishdan olingan geterozigotaning (Аа), ikki xil tipdagi monozigotadan (АА, аа) afzalligi. geterozigotalarda yaxshi belgilаr to’planadi va moslashish xususiyati ancha yuqori bo’ladi.
O’t, satro – jigarning maxsus bez hujayralarida hosil bo’ladigan ovqat hazm qilish shiralari (suyuqlik). Asosan yog’larning hazm bo’lishida ishtirok etadi.
O’t pufagi – o’t (safro) vaqtincha to’planadigan a’zo.
O’t pigmentlari – gemoglobinning parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan oxirgi mahsulotlar.
O’sma – butguldoshlarga mansub o’simliklar turkumi. Ba’zi turi barglaridan to’q ko’k tusli bo’yoq olinadi.
O’sish konusi – роуа yoki ildiz uchidagi o’suvchi meristemali qism.