CHAN XING DAO

CHAN XING DAO (Tran Hu’ng Dao), Chan Kuok Tuan (Tran Quoc Tuan) (1226— 1300) — Vetnam sarkardasi, Vetnam xalqining mo’g’ul istilochilariga qarshi kurash tashkilotchisi. Mo’g’ullar Dayvet (Vetnam)ga 1257— 58, 1284-85, 1287— 88 yillarda hujum qilishgan vaqtda mamlakat qurolli kuchlari bosh qo’mondoni (1283 yildan). 1288 yil 9 aprelda Vetnam qo’shinlari Chan Xing Dao rahbarligida Batdang daryosi bo’yidagi jangda yirik g’alabaga erishganlar. Natijada mo’g’ul istilochilari Dayvet hududidan quvib chiqarilgan. Bu sana har yili milliy bayram sifatida nishonlanadi.