CHANDIGARH

CHANDIGARH — Hindistonning shimoliy g’arbiy qismidagi shahar, Himolay tog’lari etagida. Panjob va Xaryana Shtatlarining (ushbu Shtatlar tarkibiga kirmaydi) hamda Chandigarh ittifoqdosh hududining ma’muriy markazi. Aholisi 746 ming kishi (2001). Yetakchi sanoat tarmoqlari: kimyo va mashinasozlik, shuningdek, oziq-ovqat, jun, trikotaj va farmasevtika sanoati korxonalari, universitet bor. Shahar 1951-56 yillarda hind va xorijiy me’morlar loyihasi asosida qurilgan. Ko’chalari to’g’ri, binolari zamonaviy uslubda, hind va Yevropa me’morligi uslublaridan uyg’unlikda foydalanib qurilgan.

CHANDIGARH — Hindistondagi ittifoqdosh hudud (1996 yil 1 noyabrdan). Mamlakatning shimoliy g’arbiy qismida, Himolay tog’lari etagida. Maydoni 114 kilometr kvadrat. Aholisi 876 ming kishi (2001), asosan, panjoblar. Ma’muriy markazi — Chandigarh shahri. Maydonining 1,5 ming gektari haydaladi. Bug’doy, yem-xashak ekinlari va sabzavotlar yetishtiriladi. Hududining 27% o’rmon. Chandigarhda 15 dan ortiq yirik va o’rta korxonalar bor.