Charmanyob kanali haqida eshitganmisiz?
Charmanyob kanali haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastida. S.P.Tolstovning olib borgan tekshirishlariga ko’ra, bu kanal atrofida Xorazm tarixining yangi bosqichi boshlanadigan davriga mansub eng qadimgi shahar xarobalari topilgan. Kanal Turkmanistonning Toshovuz oblastida tugaydi. Toponimning keyingi qismi Xorazm toponomiyasiga xos Yop yoki Yob “kanal” demakdir. Charman so’zi ham qadimgi xorazmiylar tiliga xos bo’lib “o’tloq, dala, yaylov, mol boqiladigan joy” ma’nolarini bildiradi. Hozirgi fors tilida bu so’zning yuqoridagi ma’nolaridan tashqari, “o’t, xashak” ma’nosi ham bor.



