CHASTOTA

CHASTOTA — 1) fizikada — davriy tebranishning mikdoriy ifodasi; tebranish tsikllari sonining u o’tadigan vaqtga nisbati. Chastota v (texnikada f) tebranish davri T ga teskari kattalik. 2) ehtimollar nazariyasida — biror hodisaning ro’y berishi sonining tajribalar umumiy soniga nisbati. Agar hodisaning tajribada alohida ro’y berishi ehtimoliga teng bo’lsa, yetarlicha kattalar uchun har qanday kichik bo’lganda ushbu tengsizlikni qanoatlantiradi. Bu xulosa katta sonlar qonunidan kelib chiqadi. Chastota tushunchasi ehtimollikning statistik ta’rifi uchun asos bo’ladi; 3) kino texnikasida — kinoga olish yoki kino qo’yishda yoki televizor ekranida kadrlarning almashinish davriyligi yoki tezligi. Standart tezlik sifatida 1 sekundda 24 kadr almashinishi qabul qilingan (ba’zan 8 va 16 millimetrli kinolentalar ishlatilganda 1 sekundda 16 kadr almashinadigan tezlik qabul qilinadi). Televizor ekranida kadrlar almashinishi standart bo’yicha 25 Gts ga teng.