CHEDVIK (CHADWICK) JEYMS

CHEDVIK (CHADWICK) JEYMS (1891.20.10, Manchester 1974.24.7) ingliz fizigi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1927). E. Rezerfordshning shogirdi. Manchester va Kembrij universitetlarini tugatgan. 1943-45 yillarda Losalamos (AQSh) dagi atom bombasi loyihasi ustida ish olib boraetgan bir guruh olimlarni boshqargan. Liverpul universiteti professor (1935-48), Kembrij universiteti qoshidagi Ganvill va Kiz kolledji direktori (1948-58). Ilmiy ishlari atom yadrosi fizikasiga oid. Betanurlanish energiyasining tutash spektrini kashf etgan (1914), yadroda alfazarralar sochilishini o’rganib, yadro zaryadini bevosita o’lchagan (1920) va Rezerford atom nazariyasini uzil-kesil tasdiqlagan. Berilliyni alfazarralar bilan nurlatganda vujudga keladigan nurlanishni o’rganib, neytronni kashf etgan (1932). Nobel mukofoti laureati (1935).