CHEGARAVIY MASALALAR

CHEGARAVIY MASALALAR – berilgan sohada aniqlangan funktsiyalarning biror sinfidan bu soxaning chegarasida berilgan shartlarni qanoatlantiruvchi funktsiyani topish uchun mo’ljallangan masalalar. Aniq hodisalarni ifodalovchi funktsiyalar, odatda, matematik fizika tenglamalarining echimlaridan iborat bo’ladi. Matematik fizika tenglamalari (differentsial, integral, integrodifferentsial, funktsional tenglamalar) cheksiz kup echimlarga ega, shuning uchun ham kerakli birdan-bir yechimni aniqlash uchun qo’shimcha chegaraviy shartlar beriladi. Chegaraviy masalalarni tekshirishda integral tenglamalar, oldindan baholashlar, chekli ayirmalar usuli va boshqa usullar keng qo’llanadi.