CHEKKA DENGIZLAR

CHEKKA DENGIZLAR – materiklarga yondashib turgan va okeandan yarim orollar hamda orollar orqali ajralgan dengizlar. Chekka dengizlar, odatda, materik sayozligida va materik yon bag’rida joylashgan bo’ladi. Bu dengizlarning barcha xususiyatlari (tub yotqiziqlarning turi, iqlimi, gidrologik rejimi, organik dunyosi) ga materik ham, okean ham kuchli ta’sir etib turadi. Barents, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Norvegiya, Bellinsgauzen dengizlari Chekka dengizlardir.