«CHELLENJER»

«CHELLENJER» – AQShning ko’p marta uchirishga mo’ljallangan, bortida kosmonavtuchuvchisi bo’lgan transport kosmik kemasi. «Speys Shattl» transport kosmik kema majmuasi tarkibiga kiradi. «Chellenjer» ning startoldi massasi 2000 tonna, uzunligi 56 metr. Ekipaji 7 kishidan iborat bo’lgan. Ikki bosqichli tizim asosida uchirilgan. Kemaning 1 bosqichi qattiq yoqilg’ili raketa dvigateli bo’lgan 2 ta tezlatkichdan iborat, 2 bosqichi (orbital) bortida astronavt bo’lgan, qanotli bo’lib, orbitadan chiqqandan so’ng «samolyot» rejimida qo’nish qobiliyatiga ega bo’lgan. «Chellenjer» 1986 yil 28 yanvarda halokatga uchragan.