CHERENKOV-VAVILOV NURLANISHI

CHERENKOV-VAVILOV NURLANISHI, Cherenkov—Vavilov effekti — tez harakatlanuvchi zaryadlangan zarralar (elektronlar, protonlar, mezonlar va b.) biror moddadan o’tganda sodir bo’ladigan yorug’lik nurlanishi. Sm. Vavilov tashabbusi bilan P.A. Cherenkov radiyning unurlari ta’sirida toza suyuqlikning yorug’lanishini kuzatayotib kashf etgan (1934). Bu hodisani 1937 yilda N.E. Tamm va I.M. Frank nazariy tomondan tushuntirib berganlar. Zichligi katta moddadagi elektronlarning nurlanish sodir qilishi uchun bir necha yuz ming ev protonlar shunday tezlikka erishishi uchun 10 million ev energiya kerak bo’ladi (chunki protonning massasi elektronnikidan ancha og’ir). Cherenkov-Vavilov nazariyasining o’ziga xos xususiyati uning yo’nalganligi: yorug’lik har tomonga nurlanmay, balki zarraning harakat traektoriyasi bilan o’tkir burchak hosil qiladigan yo’nalishda nurlanadi. Nurlanish burchagi v kuyidagi munosabatga bo’ysunadi: Burchak v ni topib, zarra tezligini aniklash mumkin. Cherenkov-Vavilov nazariyasi tez zarra (elektron, proton, mezon) larning tezligini o’lchash va harakat yo’nalishini aniqlashda qo’llanadi.