CHERKESSK

CHERKESSK (1825-1931 yillarda Batalpasha stantsiyasi, 1936-37 yillarda Sulimov, 1939 yilgacha Batalpashinsk) — Rossiya Federatsiyasi Qorachoy Cherkasiya Respublikasidagi shahar (1931 yildan). Krrachoycherkasiya Respublikasi poytaxti (1991 yildan). Kuban daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 116,2 ming kishi (2002). Mashinasozlik (sovitkichlar, past voltli apparatura ishlab chiqarish), elektrotexnika, kimyo, qurilish materiallari, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Texnologiya instituti, teatr, o’lkashunoslik muzeyi, bir necha ilmiy tadqiqot instituti faoliyat ko’rsatadi. Shahar 1803 yilda rus harbiylarining Kavkazdagi tayanch punkti sifatida vujudga kelgan. 1922-26, 1957-91 yillarda Qorachoy Cherkasiya Muxtor viloyati, 1926-28 yillarda Cherkasiya okrugi, 1928-43 yillarda Cherkasiya Muxtor viloyati markazi.