CHERNOVA OLGA ALEKSANDROVNA
CHERNOVA OLGA ALEKSANDROVNA (1924.13.7, Chelyabinsk viloyati Troisk shahri — 1985.26.8, Toshkent) — rejissyor, pedagog. O’zbekiston xalq artisti (1974). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1949 yil aktyorlik fakulteti, 1979 yil rejissyorlik fakulteti). 1943-48 yillar Toldiqo’rg’on viloyat (Qozog’iston) drama teatrida aktrisa, 1957— 85 yillar M. Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatrida (1966-70 yillar Kuybishev viloyat drama teatrida) rejissyor (1978-81 yillar bosh rejissyor). Ayni vaqtda Toshkent teatr va rassomlik san’ati intida o’qituvchi, professor (1949— 85). Chernova «Quvonch izlab» (V. Rozov), «Jinoyatvajazo» (F.Dostoevskiy), «Okean» (A. Shteyn), «Chayka» (A. Chexov), «Yolg’onchi darkor» (D. Psafas), «Momo yer» (Ch. Aytmatov), «Qil ustida» (N. Hikmat), «Valentin va Valentina» (M. Roshchin), «Beozor qariyalar» (M. Bogucharov), «Uch pulga qimmat opera» (B. Brext), «Avlabar bekasi» (A. Tsagareli), «Abadiyat qonuni» (N.Dumbadze) va boshqa Chernova sahnalashtirgan eng yaxshi spektakllardir.