CHIGILLAR

CHIGILLAR, Chikil — turkiy qabilalar Ittifoqi. 10—11-asrlarda Issiqko’lning shimoli sharqida va tatar rayonida yashaganlar. Chigillar Ili daryosi vodiysida, Qashqar yaqinidagi qishloqlarda va istehkomli kichik chigil shahri (hozirgi Avliyoota yaqinida) da yashashgan. Turkman o’g’uzlar Amudaryodan Xitoygacha bo’lgan hududlarda yashagan barcha turkiy qavmlarni Chigillar deb atashgan. Chigillar ko’chmanchi hayot kechirib, asosan, chorvalik bilan shug’ullanganlar. Taxminan 900 yil Chigillar yag’molar bilan birga Islom diniga kirishgan. Chigillarning bir qismi xristian bo’lgan. Chigillar Qarluqlar va yag’molar bilan birga Horaxoniylar davlatida muhim rol o’ynashgan, xususan, davlat boshqaruv apparati va qo’shindagi eng muhim mansablarni ular egallagan. 10—11-asr boshida Chigillarning astasekin o’troqlashuv jarayoni sodir bo’lgan. 11-asrning 1-yarmida Chigillarning bir qismi Zarafshon vodiysiga ko’chib kelib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. ADU: Bartold V. V., Ocherk istorii Semirechya, Sochineniya, t.2, ch. 1, M., 1963; Shoniyozov K., Uzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.