Chigirtkalar (yoki saranchalar) galasi vaqti-vaqti bilan ayrim mintaqalarda paydo bo’lib, dalalarni yer bilan yakson qiladi. Ular Injilda Misrdagi yetti baloning biri sifatida qayd etiladi. Dunyoning turli burchaklarida ular har yili million-million dollarlik hosilning boshiga yetadilar. Chigirtkalarning turi ko’p va ular bir-biriga juda o’xshab ketadi. Ularning jag’lari kuchli, uch juft oyog’i va odatda ikki juft qanoti bo’ladi. Qanotlarning birinchi jufti qattiq va to’g’ri, ikkinchisi esa yupqa bo’lib, birinchi juftining ichiga kirib turadi. Sakrashda foydalanadigan keyingi juft oyoqlari uzun va yaxshi rivojlangan. Chigirtka makiyonining qorni chetida tuxum qo’yadigan a’zosi bor. Bu a’zo tuxumdon deyiladi. Burchakqanot chigirtkalarning uzun qilichsimon tuxumdoni bo’ladi. Saranchalarning ayrim turlari yerni o’yishib, tuxumdon qilishadi, tuxumini shu yerga qo’yib, ustidan yopishqoq modda bilan yopib qo’yadilar. Burchakqanot chigirtkalarning ayrim turlari tuxum qo’yishi uchun poyadan yoriq qilsa, boshqalari tuxumini barglar orasiga joylaydi. Chigirtkalar asosan ikki — uzun mo’ylovlilar va kalta mo’ylovlilar guruhiga bo’linadi. Kalta mo’ylovli chigirtkalarni ba’zida sarancha deyishadi va pushtirang dala chigirtkalarini ham ular safiga qo’shishadi. Ularning ham mo’ylovi kalta, tuxumdoni kichkina va oyoqlari uch bo’g’imlidir. Ularning «xirgoyisi» — orqa oyoqlarini qanotlariga ishqalashdan hosil bo’ladi. Ularning «qulog’i» orqa oyoqlari poyidagi qorin qismida joylashgan. Uzun mo’ylovli chigirtkalarga yashil maysa chigirtkalari, shovqin solib uchadigan burchakqanot chigirtkalar va qanotsiz qora chigirtkalar kiradi, bu turdagilarning mo’ylovi tanasidan ko’ra uzun bo’ladi, oyoqlari esa to’rt bo’g’imlidir. Faqat erkaklari qattiq qanotlarini ishqab «xirgoyi» qiladilar. Ba’zi mamlakatlarda chigirtkalarni ovqatga ishlatishadi, ko’pchilik odamlar esa ulardan qutulish choralarini ko’radilar.
Baliqchilik nimani anglatishini bilasizmi
Baliqchi nimani anglatishini bilasizmi
Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi
Baliqko’z nimani anglatishini bilasizmi
Baliq nimani anglatishini bilasizmi
Balans nimani anglatishini bilasizmi
Bakterioz nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriolog nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriya nimani anglatishini bilasizmi

