CHILUSTUN

CHILUSTUN — O’zbekistonning Andijon viloyati va Qirg’izistonning O’sh viloyati chegarasidagi past tog’lar, Pomir Olay tizmalarining tarmog’i. Xo’jaobod tumani hududida. Shimoli g’arbdan Janubi Sharq va sharqqa 12 kilometrga cho’zilgan. Balandligi 1200-1400 metrgacha. Shimol yon bag’ri qiyaligi kamroq, asosan, adirlardan iborat.