CHIMYON

CHIMYON —Farg’ona viloyati Farg’ona tumanidagi shaharcha (1943 yildan). Farg’ona shahridan 28 kilometr, yaqin temir yo’l stantsiyasi — Oltiariq (24 kilometr). Aholisi 3,4 ming kishi (2004). Chimyonda 2 umumiy ta’lim maktabi, kutubxona, madaniyat saroyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, stadion, poliklinika, dorixona mavjud. Chimyon hududida eski neft koni, balneologik kurort bor. Kurort mineral suvi tarkibida vodorodsulfid (300-500 milligramm/litr) va natriy xlorid asosiy o’rin tutadi. Tarkibi jihatdan Kavkazdagi Sochimasesta mineral suvlariga tenglashadi. Chimyonda yuraktomir, Periferiya nerv sistemasi, tayanchharakat apparatlari, ovqat hazm qilish organlari, teri, radikulit, spondilyoz, revmatizm va boshqa kasalliklar davolanadi.