CHINGIZTOV
CHINGIZTOV — Qozog’iston past tog’larining sharqidagi tog’ tizmasi. Qozog’iston Respublikasi (Sharqiy Qozog’iston viloyati) da. Uzunligi 180 kilometr, eng baland joyi Qo’soba tog’i (1305 metr). Suvayirg’ich qismlari, asosan, tekislangan yuzalardan iborat. Ba’zi joylarida yakka gumbazsimon cho’qqilar mavjud. Tik yon bag’irlari ko’plab quruq soylar bilan kesilgan. Paleozoyning qumtosh, slanes, ohaktosh, slanes, porfiritlaridan tuzilgan. Yon bag’irlarida tog’ dashti o’simliklari, butazorlar va kichik qayintog’terak o’rmonlari uchraydi.