CHIPOR ILONLAR
CHIPOR ILONLAR — suv ilonlar oilasiga mansub ilonlar 2 urug’i; asl Chipor ilonlar (Coluber) va o’rmalovchi Chipor ilonlar (E1arpe) ning umumiy nomi. Uzunligi 2,4 metrgacha. Gavdasining orqa qismi sidirg’a rangli, ba’zan qora yo’l-yo’l dog’lari bo’ladi; qorin tomoni oqish. 30 ga yaqin turi Janubiy Yevropa, Osiyoning mo’tadil va tropik mintaqalari, Shimol va Sharqiy Afrika hamda shimoliy Amerikada tarqalgan. O’zbekistonda Chipor ilonlarning 6 turi uchraydi. Ayniqsa, turli rangli Chipor ilonlar va guldor Chipor ilonlar keng tarqalgan; cho’l mintaqalarda ko’ndalang yo’lli Chipor ilonlar, Xoldor Chipor ilonlar ko’p uchraydi. Chipor ilonlar mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, qushlarning bolalari va mayda qushlar bilan oziqlanadi. Juda harakatchan. O’ljasini bo’g’ib yoki yerga bosib o’ldiradi. Urg’ochisi 3 tadan 40 tagacha tuxum qo’yadi. Chaqadi, lekin zaharsiz bo’lganidan xavfli emas. Ayrim turlari Tabiatni muhofaza kilish xalqaro ittifoki qizil kitobiga kiritilgan.