Chirchiq daryosi haqida eshitganmisiz?

Chirchiq daryosi haqida eshitganmisiz? – Sirdaryoning o’ng irmog’i. Toshkent oblastida. Daryo qadimda Parak yoki Obi Parak deb atalgan. Parak so’g’d tilida “shahar atrofidagi devor, to’siq, gov yoki qo’rg’on, qal’a” kabi ma’nolarga ega. Demak, Obi Parak “qo’rg’onga oquvchi suv” ma’nosida. Chirchiq nomi keyinchalik turkiy xalqlar tomonidan berilgan. Bu so’z “gurillagan, burqiragan, tezkor” ma’nolarini bildiradi. Daryo haqiqatan ham yuqori qismida tez, toshdan-toshga urilib oqadi. Bizningcha, gidronim Siz nomi bilan aloqador. – Chiq Jiq turkiy xalqlarda kichiklik bildiruvchi qo’shimcha. Chirchiq “kichkina Sir yoki Sirning irmog’i” ma’nosida.

Fikr bildirish