CHIVIQ
CHIVIQ — 1) texnikada — ingichka va uzun metall tayoq (masalan, temirchi). Kesimi, asosan, dumaloq, ba’zan to’rtburchakli, oltiburchakli, ovalsimon, segmentsimon va trapesiodal bo’lishi mumkin. Chiviq har xil markali temir, po’latdan bolg’alash, presslash, prokatlash usullarida tayyorlanadi. Chiviqdan plastik deformasiyalash (bolg’alash, presslash) yoki kesib ishlash yo’li bilan turli detallar yasaladi. Pishiq po’latdan tayyorlangan egiluvchan, qisiluvchan va cho’ziluvchan Chiviqdan temirbeton tayyorlash uchun armatura («qobirg’a») sifatida foydalanish ham mumkin; 2) daraxtlarning surx novdasi. Masalan, tol novdasi; 3) gazlama turiga nisbatan ishlatiladigan atama. Masalan, mayda chiziqchiziq yo’lli gazlama Chiviq gazlama deb ataladi.