CHIXACHYOV TIZMASI

CHIXACHYOV TIZMASI – Oltoyning Janubiy sharqidagi tog’ tizmasi. Rossiya Federatsiyasi Oltoy o’lkasi, Tiva Respublikasi hududida, Rossiya Federatsiyasi bilan MXR chegarasi bo’ylab cho’zilgan. Uzunligi 100 kilometr, eng baland joyi 4029 metr. Asosan, qumtosh, slanes, ohaktosh, kristalli slanes va kvarsitlar dan tuzilgan. Kichik muzliklar mavjud. Yon bag’irlari, asosan, shuvoqli dasht o’simliklari bilan qoplangan. Suvayirg’ich qismida toshli tundra mavjud. Tizma rus geografi va geologi P.A. Chixachyov nomi bilan atalgan.