CHJAN TSYAN

CHJAN TSYAN (? miloddan avvalgi taxminan 103) — xitoylik diplomat va sayyoh. Miloddan avvalgi 138 yil imperator udu tomonidan g’arbga, yuechjilar bilan hunnularga qarshi ittifoq tuzish maqsadida yuborilgan. Hunnular qo’liga tushib qolib, faqat 10 yil o’tgachgina qochishga muvaffaq bo’lib sayohatini davom ettirgan. Qaytishda yana hunnular qo’liga tushgan, lekin tez orada qochishga erishgan. Miloddan avvalgi 115 yil elchilarga bosh bo’lib Xitoy chegaralaridan G’arbdagi ko’chmanchi usun qabilasi hukmdori (gunmo) huzuriga jo’natilgan. Chjan Tsyan uni Xitoy bilan ittifoq tuzishga ko’ndirgan. Chjan Tsyan tomonidan Xitoydan O’rta Osiyoga bosib o’tilgan yo’l keyinchalik Yevropada Buyuk ipak yo’li nomini olgan. G’arbiy o’lkalar — O’rta Osiyo va Sharqiy Turkiston Chjan Tsyan sayohatigacha xitoyliklarga noma’lum bo’lib kelgan. Xitoyning G’arbiy o’lka bilan diplomatik aloqalar o’rnatishiga asosiy sabab miloddan avvalgi 1-asrning 1-yarmida hunnular bilan yuechjilar (toxarlar) o’rtasidagi urush bo’lgan. Bu urushda yuechjilar yengilib, ularning aksari qismi hozirgi Gansu viloyatidan Yettisuvga ko’chgan, biroq bu yerda ham hunnular ularga tinchlik bermay quvg’in qilganlar. Ular O’rta Osiyoning Janubga, Baqtriyaga ketishga majbur bo’lishgan, u yerda Yunon-Baqtriya podsholigining vayron etishda boshqa qabilalar bilan ishtirok etishgan. Keyinchalik yuechjilarning avlodlari Kushon podsholigini barpo etishgan. Yuechjilar hunnularga qarshi kurashda o’zlariga ittifoqchi izlashgan. Xitoyning Xan sulolasi ham hunnularga qarshi kurash olib bormoqda edi. Chjan Tsyan G’arb safarida unga hun yo’lboshlovchisi Tani Xunuganfu hamriugik qilgan. Biroq yo’lda u Xunnular tomonidan qo’lga olinib ularning hukmdori huzuriga keltirilgan. Chjan Tsyanni Hunnu qizga uylantirganlar, undan bir o’g’il farzand qurgan. Pekin qulay fursat kelishi bilan u hamrohlari bilan asirlikdan qochib, sayohatini davom ettirgan. U qadimgi Farg’ona — Davanta kelgan. Davan hokimi Xitoy bilan diplomatik aloqalar o’rnatish niyati borligini aytgan. Chjan Tsyan Davan aholisi mashg’uloti haqida qimmatli ma’lumotlar qoddirgan. Imperator Udiga, ayniqsa, Davan tulporlari yoqib qolgan. Chjan Tsyan Davandan Kangyuyga o’tgan, so’ng Janubga Daxya (Baqtriya)ga borgan. U yerda bir yil turib orqaga qaytgan, lekin yo’lda yana hunnular qo’liga tushib qolgan. Biroq 1 yildan keyin, hunnular o’rdasidagi ichki nizolardan foydalanib Xitoyga qochib borishga muvaffaq bo’lgan. Uning g’arbiy o’lkalarga qilgan 1-sayohati 13 yil davom etgan. U bilan yo’lga chiqqan 100 ta hamrohidan atigi 2 kishi — o’zi va yo’lboshlovchisi sog’-salomat qaytib kelishgan. Xitoyga qaytib kelgach, Chjan Tsyan imperatorga batafsil hisobot tayyorlagan. O’z hisobotida O’rta Osiyodagi davlatlar, mulklar — Davan, usun, Kangyuy, Daxya, Yantsay, katta yuechji va boshqalar haqida ma’lumot keltirgan. Ad.: Rtveladze E. V., Velikiy shyolkoviy put, T., 1999.