CHJEN CHENGUN
CHJEN CHENGUN (Yevropa adabiyotida koksinga) (1624-1662) Xitoy sarkardasi. Savdogarlaridan. 1646 yildan manjurlarning Tsin sulolasiga qarshi ko’tarilgan kurashda qatnashgan. Bu davrda Tsinlarning hokimiyati deyarli butun Xitoy hududiga tarqalgan edi. Futszyan, Guandun va Chjetszyan viloyatlarining dengiz sohil bo’yi rnlarida o’rnashib olgan Chjen Chengun manjurlardan Jan.Sharqiy Xitoyning katta qismini tortib olgan, lekin 1659 yil Nankin yaqinida mag’lubiyatga uchragan. 1661-62 yillarda golland mustamlakachilarini Tayvan orolidan quvib chiqargan va uni Tsinlarga qarshi kurash markazi (bazasi)ga aylantirilgan. Uning o’g’li va nabirasi 1683 yilgacha Tayvanda hukmronlik qilishgan, shu yili Orolni Tsin qo’shinlari bosib olgan.