CHJURCHJENLAR

CHJURCHJENLAR, chjulichjen, nyuychjen, nyuychji — tungus qabilalaridan. Qadimdan Manjuriyaning Sharqiy qismida yashaganlar. 10-asrgacha mustaqil bo’lishgan, Xitoy va Koreya bilan aloqalari bo’lgan. 10—11-asrlarda kidanlarga tobe bo’lganlar. 11-asr boshida Chjurchjenlar qabilalari 1114 yil kidanlarga qarshi qo’zg’olon ko’targan Aguda tomonidan birlashtirilgan. Natijada Chjurchjenlar mustaqil Szin davlati (1115— 1234) ni barpo etganlar, keyinchalik bu davlat mo’g’ullar tomonidan tugatilgan. Mo’g’ullar davrida Chjurchjenlar yana bir necha qabila guruhlariga parchalanib, 16-asrgacha Sharqiy Osiyo tarixida aytarli rol o’ynamaganlar. 16-asr oxiridan Chjurchjenlarning «Szyanchjou nyuychjilari» deb atalmish guruhidan oqsoqol nurxasi siyosat maydoniga chiqqan. U 1583-1625 yillar mobaynida nafaqat Szyanchjou qabilalarini, balki keyinchalik «manjurlar» deb nom olgan boshka qabilalarni ham birlashtirishga muvaffaq bo’lgan.