Chorsu

Chorsu-o’rta asr Sharq shaharlarida ikki yirik ko’cha kesishgan joy. Bunday joylarda odatda savdo rastalari, kosiblarning do’konlari joylashgan toqlar bo’lgan. O’tmishda Turkistonning Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Shahrisabz, Toshkent va boshqa shaharlaridagi chorsular yirik savdo markazlari hisoblangan. Masalan, XVI asrning oxirlarida bunyod etilgan. Shahrisabz chorsusidagi kvadrat tarhli binoning to’rt tomonida darvozaxonasi bo’lib, shu darvozalardan yirik savdo zaliga kirilgan. Burchaklarda do’konlar bo’lgan.