Cho’rtanbaliqning bo’yi qancha chiqadi?

Cho’rtanbaliq rus xalq ertaklarining sevimli qahramonlaridan hisoblanadi. Ivan galvarsga: «Cho’rtanbaliq amriday, o’zim istaganimday», deyilsa bas, uning barcha ezgu maqsadlari ro’yobga chiqadi. Ko’plar ertakdagidek kuchli, g’ayrioddiy baliqlarni chuqur daryo havzalarida yashaydi, deb tasavvur etadilar. O’z o’ljasini ancha-muncha oshirib-toshirib gapiradigan nafaqat baliqchilar, hatto ayrim tajribali tabiatshunoslar ham qandaydir daryo chuqurliklarida yoki tubsiz ko’llarda 100 yil yoki undan ham uzoqroq yashaydigan, uzunligi 5 metrga yetadigan cho’rtanbaliqlar yashirinib yuribdi, deb samimiy faraz qiladilar. Aslida, hozirga qadar hech kim bunday cho’rtanbaliqni tutmagan, balki ilgariroq tutishgandir? Cho’rtanbaliqlar, to’g’rirogi, ularning qoldiqlari va suyaklari, arxeologik qazilmalar chog’i qadimiy odamlar manzillaridan tez-tez topiladi. Shundan ayonki, ajdodlarimiz bu baliqni juda qadrlashgan. Hozirgacha 59 ta qadimiy manzilgohlar tekshirilganda, 12 mingdan oshiq cho’rtanbaliqlar qoldig’i topilgan. Ustiga ustak eramizdan oldingi 3 ming yillikda Moskva daryosi va Klyazma daryolari bo’yidagi manzilgohlarda uchraydi. Lekin ularning hammasi kichik o’lchamlarda bo’lgan. Eng katta cho’rtanbaliqni Pskov daryosiga quyiladigan velikoye daryosidan IV—V asrlarda tutishgan. Uning uzunligi bir metru 82 santimetrni tashkil etgan. Odamzot paydo bo’lgandan beri tutilgan eng uzun cho’rtanbaliq mana shudir.