CHORUXDAYRON VOLFRAM KONI
CHORUXDAYRON VOLFRAM KONI — Tojikiston Respublikasi Sug’d viloyatidagi kon. Xo’jand shahridan 18 kilometr shimolda Qoramozor tog’larida, Qurama antiklinali sistemasidagi Mo’g’ultog’ antiklinalining shimoliy Sharqiy qismida joylashgan. Rudalarning mineral tarkibi — skapolit, sheelit, apatit, molibdenit, xalkopirit, kamroq piritdan iborat. Morfologiyasi bo’yicha kondagi ruda tanalari, har xil o’lcham va qalinlikdagi tomirli va tomirsimon jismlardan tarkib topgan. Choruxdayron volfram koni, asosan, qazib olingan bo’lib, parametrlari bo’yicha o’rtacha konlarga mansub.