CHORVOQ SOYLIGI

CHORVOQ SOYLIGI — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi soylik (Burchmulla soyligi deb qam ataladi). G’arbiy Tyanshan tog’lari orasida, Toshkent shahridan 70-80 kilometr shimoli sharqda joylashgan. Neotektonik harakatlar natijasida paleozoy davrida Piskom va Chatqol daryolarining quyi oqimqda vujudga kelgan sinklinal. Hamma tomonidan yer yoriklari orqali uni o’rab olgan tizmalardan ajralgan. Soylik paleozoy, neogen va to’rtlamchi davr yotqiziqlari bilan to’lgan. Soylikning uzunligi 20 kilometrdan ziyod, eni 7-9 kilometr. Shimoldan Ugom tizmasi, Piskom vodiysi, sharqdan Ko’ksuv tizmasining Otyaylov va Qo’ng’irbuqa tog’lari, Ko’ksuv vodiysi, Janubdan Chatqol tizmasining katta Chimyon, Obiqashqa tog’lari, Janubi Sharqda Chatqol vodiysi bilan o’ralgan. Yon bag’irlarida yangi tektonik harakatlar va daryolar faoliyati natijasida hosil bo’lgan va nisbiy balandligi turlicha daryo terrasalari bor. Relyefi surilmalar, karstsuffozion jarayonlari natijasida shakllangan. Soylikka Piskom, Ko’ksuv, Chatqol, Navolisoy, Sijjaksoy, Oqsorsoy, Afg’onsoy, Mozorsoy, Beshqayrag’ochsoy kabi daryosoylar oqib keladi. Chorvoq soyligi ning G’arb tomoni ochiq bo’lib, Ugom va Chatqol tog’lari tabiiy darvoza hosil qilgan. Shu yerda Chorvoq suv ombori barpo etilgan. Suv omboridan Chirchiq daryosi boshlanadi. Murod Mamatqulov.